Tarix Bilim Sinovitarixsinov.com
Tarixdan onlayn test platformasi

Tarixni bosqichma-bosqich o'rganing, imtihonga tayyorligingizni o'lchang

6-11-sinflar tarixi mavzu-mavzu, ketma-ket ochiladigan testlar orqali o'zlashtiriladi. Tayyor bo'lgach — Milliy sertifikat namunasidagi to'liq imtihon: 45 topshiriq, 90 daqiqa, 75 ball va darhol chiqadigan daraja. Ro'yxatdan o'tib bepul sinab ko'rasiz.

Qanday ishlaydi?
6-11sinf — Jahon va O'zbekiston tarixi
45topshiriq — imtihon andozasi
75ball — rasmiy shkala
A+ … Cdaraja darhol chiqadi

Sayt haqida

Tarix fanida ko'p savol yodlashdan ko'ra tizimli o'rganish natija beradi. Shuning uchun bu platformada mavzular ketma-ket ochiladi, har 10 mavzudan keyin nazorat testi turadi, imtihon esa faqat o'zlashtirilgan mavzular asosida yig'iladi. Natijada o'quvchi qaysi bo'limni bilmasligini aniq ko'radi.

Bosqichma-bosqich mavzular

6-11-sinflar, Jahon va O'zbekiston tarixi. Har bir mavzu ketma-ket ochiladi — o'tgan mavzuni o'zlashtirmasdan keyingisiga o'tilmaydi.

Milliy sertifikat imtihoni

Haqiqiy andoza: 45 topshiriq, 90 daqiqa, 75 ball. Savollar rasmiy bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi, ekranda taymer ishlaydi.

Har safar yangi savollar

Tayyor variantlar yo'q — savollar mavzu bazasidan tasodifiy tanlanadi. Testni qayta ishlasangiz boshqa savollar tushadi.

Nazorat testlari

O'qituvchi belgilagan joyda nazorat testi ochiladi va u o'zidan oldingi barcha mavzulardan savol oladi — takrorlash shu yerda bo'ladi.

Savol-javob

Variantlardan tanlash emas — javobni o'zingiz yozasiz. Sanalar, ismlar va atamalarni yodda saqlash uchun.

Natija va xatolar tahlili

Test tugashi bilan ball va daraja chiqadi. Har bir xato bo'yicha to'g'ri javob va savol tuzilgan darslik matni ko'rsatiladi.

Saytda nimalar bor

Kirgandan keyin o'quvchiga quyidagi bo'limlar ochiladi.

Tarix test

6-11-sinflar bo'yicha bosqichma-bosqich mavzu testlari va nazorat testlari.

Video darslar

Mavzuga biriktirilgan video dars — test ishlashdan oldin ko'rib o'rganish uchun.

Milliy sertifikat imtihoni

Haqiqiy imtihon andozasi: 45 topshiriq, 75 ball, A+ … C daraja.

Savol-javob

Javobni o'zingiz yozib topshirasiz — yodda saqlashni mustahkamlash uchun.

Tayyorlik darajasi

Imtihonga qanchalik tayyor ekaningiz bo'limlar kesimida ko'rsatiladi.

O'qituvchi uchun analitika

Har bir o'quvchining natijasi, faolligi va zaif mavzulari.

Qanday ishlaydi?

1Ro'yxatdan o'tasiz

Ism, telefon raqam va parol — bir daqiqalik ish. Shu yerning o'zida.

2Bepul sinov darhol ochiladi

Hech narsa kutilmaydi: bir nechta mavzu va Milliy sertifikat imtihoni shu zahoti ochiladi.

3Bosqichma-bosqich o'rganasiz

Mavzu testlari, nazorat testlari, so'ng Milliy sertifikat namunasidagi to'liq imtihon.

4Yoqsa — tarif olasiz

Sinov tugagach Telegram botda profilingizni tasdiqlab tarif tanlaysiz. Barcha sinflar ochiladi.

Milliy sertifikat imtihoni

Imtihon rasmiy andoza bo'yicha yig'iladi: savollar to'rt bo'limga taqsimlanadi, ball topshiriq murakkabligiga qarab beriladi.

Tuzilishi va ballar
Jami topshiriq45 ta
Vaqt90 daqiqa
1-25 — oddiy yopiq test1,4 ball
26-35 — o'rtacha yopiq test1,5 ball
36-45 — ochiq topshiriq (a va b)2,5 ball
Jami75 ball
Darajalar
A+ 70 balldanA 65 balldanB+ 60 balldanB 55 balldanC+ 50 balldanC 45 balldan
Bo'limlar
Siyosiy tarixIjtimoiy-iqtisodiy tarixMadaniy tarixMoslashtirish

Ochiq topshiriqning faqat bir qismi to'g'ri bo'lsa — ballning yarmi beriladi.

Tariflar

Ro'yxatdan o'tgan zahoti bepul sinov ochiladi — hech narsa to'lanmaydi, tasdiqlash ham kutilmaydi. Sinov tugagach botda tarif tanlaysiz — 1 oy, 3 oy yoki 1 yilga. Aniq narxlar botda ko'rsatiladi.

Standart
  • Sinflar bo'yicha mavzu testlari
  • Nazorat testlari
  • Natija va xatolar tahlili
  • Milliy sertifikat imtihoni
  • Video darslar
  • Savol-javob
ProEng to'liq
  • Sinflar bo'yicha mavzu testlari
  • Nazorat testlari
  • Milliy sertifikat imtihoni
  • Video darslar
  • Savol-javob
  • Natija va xatolar tahlili

O'quv markazi yoki maktab o'quvchisi bo'lsangiz — hisobni o'qituvchingiz ochib beradi, tarif olish shart emas.

Ko'p beriladigan savollar

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Yuqoridagi «Ro'yxatdan o'tish» tugmasini bosib ism, telefon raqam va parol kiritasiz — bepul sinov shu zahoti ochiladi, darhol test ishlay boshlaysiz. Telegram tasdiqlash keyinroq, tarif olmoqchi bo'lganingizda kerak bo'ladi.

Nega Telegram orqali tasdiqlash kerak?

Bu bitta odam bir nechta hisob ochib bepul sinovni qayta-qayta olmasligi uchun. Bundan tashqari tarif olish va to'lov ham shu bot orqali — tez va qulay.

Tariflar qanday?

Ikki xil: Standart — sinflar bo'yicha mavzu testlari va nazorat testlari. Pro — bularning ustiga Milliy sertifikat imtihoni, video darslar va savol-javob. Har biri 1 oy, 3 oy yoki 1 yilga olinadi. Aniq narxlar botda ko'rsatiladi.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Telegram botda tarif va muddatni tanlaysiz, bot summa va karta raqamini yuboradi. To'lov chekini (skrinshot) botga jo'natasiz, administrator tasdiqlagach tarif darhol ochiladi va botga xabar keladi.

O'quv markazida o'qiyman, menga ham shu kerakmi?

Yo'q. O'quv markazi yoki maktab o'quvchilariga hisobni o'qituvchining o'zi ochib beradi — u holda ro'yxatdan o'tish ham, to'lov ham shart emas.

Milliy sertifikat bali qanday hisoblanadi?

Birinchi 25 ta yopiq topshiriq — har biri 1,4 ball; keyingi 10 tasi — 1,5 ball; oxirgi 10 ta ochiq topshiriq — 2,5 ball (faqat a yoki faqat b qismi to'g'ri bo'lsa yarim ball). Jami 75 ball. Daraja: 70 balldan yuqori — A+, 65 dan — A, 60 dan — B+, 55 dan — B, 50 dan — C+, 45 dan — C.

Testni to'xtatib tursa bo'ladimi?

Mavzu testlarida va imtihonda vaqt chegarasi bor va u to'xtamaydi — haqiqiy imtihondagidek. Shuning uchun testni boshlashdan oldin vaqtingiz borligiga ishonch hosil qiling.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Sayt telefon, planshet va kompyuterda bir xil ishlaydi, alohida ilova o'rnatish shart emas.

Bepul sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Maktab va o'quv markazlari uchun — pastdagi raqamga murojaat qiling.

RA
Loyiha muallifi
Ro'zimov Asror
+998 99 166-96-66
Bog'lanish
Ushbu tizim Ro'zimov Asror tomonidan yaratilgan. Maktabingiz yoki markazingiz uchun shunga o'xshash platforma kerak bo'lsa — yuqoridagi raqamga murojaat qiling.